
Bogdan Guskov g‘alabasi bilan bezagan turnirning prelim kardi yakunlandi!
Ayni paytda AQSh ning Los-Andjeles shahrida "UFC 311" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina prelim karddagi barcha janglar yakunlandi. Quyida natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Tagir Ulanbekov hakamlar qarori bilan Kleyton Karpenterni mag‘lub etdi (30-27, 30-27, 29-28);
Riki Tursios ochkolar evaziga Bernardo Sopaydan ustun keldi (30-27, 30-27, 29-28);
Muin Gafurov hakamlarning yakdil qarori bilan Rinya Nakumurani engdi (30-27, 30-27, 30-27);
Aylin Peres ochkolar evaziga Kerol Rozani taslim etdi (29-28, 29-28, 30-27);
Grant Douson hakamlar qarori bilan Diego Ferreyra ustidan zafar quchdi (30-27, 30-27, 30-27);
Bogdan Guskov 2-raundda Billi Elekanani sabmishn orqali mag‘lubiyatga uchratdi;
Azamat Bekoev 1-raundda Zakari Risni nakoutga uchratdi;
Raoni Barselos ochkolar evaziga Payton Talbottdan ustun keldi (30-26, 30-27, 30-27).
Fikrlar