Bobur Abdixoliqov: "Buxoro" himoyaviy o‘ynashini bilardik

  • 19 oktabr, 2020, 01:04
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliga joriy turida "Nasaf" mehmonda "Buxoro" bilan ochkolarni baham ko‘rdi. Aynan shu uchrashuv yakunida "ajdarlar" etakchisi Bobur Abdixoliqovga sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisiga atalgan maxsus sovrin topshirildi. Qarshiliklarning eng yaxshi to‘purari o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Tabrik uchun rahmat. Darhaqiqat, yaxshi oy bo‘ldi. Ushbu mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshi to‘purar unvonini qo‘lga kiritish uchun harakat qilishda davom etaman. "Buxoro"ga qarshi o‘yinda gol ura olmaganim o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashim lozimligini ko‘rsatdi. 

Buxoroliklar himoyaviy futbol ko‘rsatishini bilar edik. Ammo o‘z imkoniyatlarimizdan foydalangan taqdirimizda, raqib rejalarini buzib yuborishimiz mumkin edi. Bizga gol etishmadi. 

Tan olamiz, duranglar ko‘payib ketdi. Buning natijasida juda ko‘plab ochkolarni boy berdik. Mashg‘ulotlarda golli vaziyatlarni ijobiy yakunlash borasida ish olib boryapmiz", - dedi 23 yoshli futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/10/2020 01:47
Ukam darvozani oldiga paterchilama tep qani qaytkani beronta himoyachiha tegin ham kerin ketardi. berondan jurat etolmay qalteraysan.