Bobousmon Baturov hozirgi yig‘in, xalqaro musobaqalar va Tokio Olimpiadasi haqida

  • 14 fevral, 2021, 18:40
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Shu kunlarda, bokschilarimiz "Yangiobod" o‘quv-bazasida yig‘in o‘tkazmoqda. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati terma jamoamiz a’zosi Bobousmon Baturovning yig‘in haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Tecno

"5 fevral kuni ushbu yig‘inimiz boshlandi. 19 fevralgacha "Yangiobod"da yig‘in o‘tkazamiz. Maqsadimiz - Bolgariya, Ukraina, Qozog‘iston davlatlarida tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishdir. O‘z navbatida ushbu musobaqalar Yaponiyadagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Tokio olimpiadasi oldidan mana shu musobaqalarda o‘zimizni toblab olishimiz lozim. Chunki karantindan so‘ng hali xalqaro musobaqalarda ishtirok etmadik. Nasib qilsa, endi xalqaro musobaqalarni boshlab, yaxshi natijalar ko‘rsatmoqchimiz.

Oldimizga katta maqsadlar ko‘yganmiz. Hozirda jismoniy, turnir yaqinlashgani sayin texnik-taktik usulga alohida e’tibor qaratamiz Xudo xohlasa xalqaro musobaqalar, undan keyin Tokio Olimpiadasida yaxshi natijalar qayd etib, o‘zimizga bildirilayotgan ishonchni oqlamoqchimiz", - dedi Bobousmon Baturov.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!