
Bobousmon Baturov: Birinchi raqamli bokschilarga qarshi hamma kuchli tayyorgarlik ko‘rib keladi
2 noyabr kuni - 69 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionatidagi dastlabki jangini Muhsinbek Koraboevga qarshi o‘tkazib, keyingi bosqichga yo‘l olgan Bobousmon Boturov jangdan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Chempionat qiyin o‘tishini oldindan bilar edim. Negaki, birinchi raqamli bokschilarga qarshi hamma kuchli tayyorgarlik ko‘rib keladi. Karantin sababli anchadan buyon jang qilmagandim, bahs biroz qiyin bo‘ldi. Chempion bo‘lishga harakat qilaman. Eng yaxshi bokschi uchun beriladigan "Rufat Risqiev kubogi"ni olishni istardim, biroq menga nasib qilishi juda qiyin masala. Chunki o‘z uslubimni texnik-taktik jihatdan kuchli, deb hisoblamayman, jangovar usulda harakat qilaman. Meni vaznimda kuchli bokschilar ko‘p. Ularning orasida Bilolbek Mirzaxalilovni finalgacha etib boradi, deb o‘ylayman", - dedi Boturov.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar