
Boateng 5 yilga qamalishi mumkin
"Lion"ning yangi futbolchisi Jerom Boateng tez orada panjara ortiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Der Spiegel nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, nemis himoyachisi ayol kishiga hujum qilib, unga tan jarohati etkazgani uchun 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Jabrlanuvchi – Boatengning sobiq ma’shuqasi Sherin Zenler. Myunxen sudi bugun ushbu ishni ko‘rib chiqadi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Boateng 2018 yilda sobiq sevgilisi bilan janjallashganida uni kaltaklagan.
Fikrlar