
Bo Nikal: "Hatto Xamzat Chimaev ham meni enga olmaydi"
Amerikalik UFC jangchisi Bo Nikal (7-0) chechenistonlik Xamzat Chimaev(14-0)ni ehtimoliy jangda mag‘lub eta olishiga ishonmoqda.
“Dunyoda meni mag‘lub eta oladigan o‘rta vazn toifasidagi jangchi yo‘q deb o‘ylayman. Hatto Chimaev ham meni to‘xtata olmaydi. To‘g‘ri, uning mahoratiga gap yo‘q. Biroq men uning asosiy kamchiligini bilaman. Hamzat tez charchab qoladi. Har raunddan keyingi u sekinlashadi, men esa kuchayib boraman" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie" portali.
Eslatib o‘tamiz, Bo Nikal oxirgi jangida Pol Kreygni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.
Fikrlar