
Bloger Jek Pol 2021 yilda boks janglaridan qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi. Uning nokautlarini tomosha qiling
2021 yil boksda ko‘rgazmali janglarni tashkil etish ancha ommalashib ketdi. Bunday janglar yulduziga aylangan you tube blogger Jek Pol ham 2021 yilda katta miqdorda pul ishlab topdi. Forbes xabariga ko‘ra, Pol 2021 yilda o‘tkazgan 3 ta jangida umumiy 40 million dollar jamg‘arib oldi. U o‘tgan yilda MMA jangchilari Ben Askren va Tayron Vudlini (2 marta) mag‘lub etgan. Polning professional boksdagi statistikasi 5-0 (4 nokaut) bo‘lib turibdi.
Fikrlar