
Bizga kel! “Real”ning qimmatbaho yulduziga to‘rt granddan chorlov bo‘ldi
“Real”ning braziliyalik universal hujumchisi Rodrigo Goesning Madriddagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Jamoaga o‘tgan yozda Kilian Mbappening kelgani baribir Rodrigoning jamoalagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatdi.
Todofichajes nashrining yozishicha, “Real” tarkibiga sig‘mayotgan qimmatbaho yulduzga Angliyaning superklublari joy berishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, hozirning o‘zida “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” 24 yoshli futbolchiga shartnoma taklif qilishi mumkin.
Bu klublarning bari Rodrigo transferi uchun 100 million evro atrofida xarajat qilishga roziligini bildirgan.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dodli o‘yinchi 2019 yildan beri “Real”da to‘p tepyapti. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtasigacha tuzilgan.
Rodrigoning o‘zi ham agar yangi bosh murabbiy Xabi Alonso o‘z loyihasida unga asosiy rollardan birini kafolatlamasa muhitni o‘zgartirishi mumkinligini aytmoqda.
Fikrlar