
Bizga Benzema kerak emas
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujum chizig‘ini “Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema yordamida kuchaytirishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano bu ma’lumotlarni inkor qildi.
- Oxirgi 48 soat ichida “Arsenal” fanatlaridan Karim Benzema transferi bo‘yicha juda ko‘p savollarni oldim. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, “kanonirlar” va Benzema o‘rtasida hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q.
Bugungi kunda “Arsenao” frantsiyalik forvardni transfer qilish bo‘yicha hech qanday ish olib bormayapti. Qolgan xabarlar yolg‘on.
Benzemaning nomi dunyodagi ko‘plab muxlislarni hayajonga soladi, lekin bilishimcha, “Arsenal” bu transfer bo‘yicha ishlamayapti, - dedi Fabritsio Romano.
Fikrlar