Bivolning murabbiyi: "Revansh uchun muzokaralar davom etyapti, ammo rasman tasdiqlanmadi"

  • 29 noyabr, 2024, 14:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Ayni kunlarda Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o‘rtasida revansh jangini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Bivolning bosh murabbiyi Gennadiy Mashyanov xabar berdi.

"Revansh bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, biz mazkur bahsni 22 fevral kuni o‘tkazilishi haqida ham eshitdik, ammo barcha rasmiy ma’lumotlarni tashkilotchilar, xususan Turki Al ash-Shayx taqdim etishi kerak. Biz ham bu haqda rasmiy xabarlarni kutmoqdamiz", - deya Mashyanovning so‘zlarini keltirdi "Match TV" portali.

Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan katta boks oqshomida Artur ochkolar bo‘yicha Dmitriyni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!