
"Binokor" Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishi mumkin
Mazkur klub VXLda ishtirok etadigan "Humo" jamoasining farm-klubi bo‘lishi kutilmoqda. "Binokor" 14 iyuldan yig‘inga kirishishi kutilmoqda. Bunga qadar esa masalaning barcha yuridik ishlari hal etilishi lozim.
Poytaxtimizda Qarag‘andaning "Sariarka" va Ust-Kamengorskning "Torpedo" jamoasi singari tizim yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. "Sariarka" VXLda ishtirok etsa, ikkinchi jamoa Qozog‘iston chempionatida shayba suradi.
Eslatib o‘tamiz, "Binokor" 1970 va 80-yillarda Sobiq Ittifoq Birinchi va Ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
Fikrlar