
Beylning maqsadi o‘zgardi
Evropadan keytib, “Los-Anjeles Gelaksi” safiga qo‘shilgan Garet Beyl o‘z oldiga yangi maqsadlarni qo‘ya boshladi.
Uelslik futbolchi agar terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmasa, faoliyatini tugatishini aytgandi. Uels futbolchilari yil oxirida Qatarda bo‘ladigan mundialga yo‘llanma oldi.
Beyl formasini ushlab turish uchun o‘ziga mos jamoa qidirdi va Amerika tomonlarga ketib qoldi.
Endi u 2024 yilgi Evropa chempionatida ham ishtirok etmoqchi.
- Har qanday sinovga tayyorman. Mening yoshim 33 ga yaqinlashdi va yana bir necha yil o‘ynashim mumkin. Men “Los-Anjeles Gelaksi”ga olti oy yoki bir yilga kelmadim. Bu erda uzoqroq qolmoqchiman.
Kelajagimni kutyapman. Bu menga kelasi Evropa chempionatida o‘ynash, balki undan keyin ham faoliyatimni davom ettirish imkonini beradi, - dedi Garet Beyl.
Fikrlar