Beyl "Real"dan ketmoqchi

  • 17 noyabr, 2019, 17:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Garet Beyl jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.

Tecno

30 yoshli futbolchi yanvarda ketish qiyin ekanligini tushunib turibdi va u yozgi transfer oynasida Madrid klubini tark etishi mumkin.

Uning yuqori maoshi, jarohatlarga ko‘p uchrashi va yoshi katta ekanligi Beyl transferining asosiy faktorlari bo‘lib xizmat qiladi.

Yarim himoyachining o‘zi maoshi pasayishini istamayapti va shuning uchun, Xitoy klublari u uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Beyl yarim oydan buyon madridliklar safida maydonga tushmadi va uning hatti-harakatlari klub rahbariyatiga ma’qul kelmayapti. Shu sabab, madridliklar futbolchini yanvar oyida sotib yuborishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!