Beyl nima sababdan Xitoy klubiga o‘tmagani ma’lum bo‘ldi

  • 28 iyul, 2019, 20:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" vingeri Garet Beyl "Tszyansu Sunin" klubiga madridliklar rahbariyati sabab ko‘chib o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirolli klubi” rahbariyati Xitoy klubi 30 yoshli uelslik futbolchining transferi borasida ularni qoniqtiradigan taklif bildirishmagan. Madridliklar Beylning transferidan imkon qadar ko‘proq mablag‘ ishlab olishni xohlashgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beyl Xitoyga etib borgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, keyinchalik ushbu video yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi.

Endi Beyl katta ehtimol bilan “Real”da qoladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!