
Beyl dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl xitoyliklarning diqqat markazida bo‘lib turibdi.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nomi sir tutilayotgan Xitoy kulib 29 yoshli uelslik futbolchiga yiliga 70 mln evro maosh taklif qilmoqda. Aytish lozimki, agar Beyl ushbu taklifga rozi bo‘lsa va Xitoy klubi bilan shartnoma imzolasa, u dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Ta’kidlash kerakki, xitoyliklar Beylni erkin agent sifatida, ya’ni tekinga safga qo‘shib olishmoqchi. Ammo, “Real” bunga ko‘nmasligi aniq. Chunki, Beylning "Real" bilan 2022 yilga qadar shartnomasi bor.
Fikrlar