Berdiev: "Ko‘proq gol urishimiz kerak edi, buni uddaladik, lekin..."

  • 3 iyun, 2023, 23:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi paytlarda natijalarini yaxshilab borayotgan “Andijon” gol urishda ham samaradorlik namoyish qilyapti. O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida birinchi liga vakili – “Olimpiya”ni qabul qilgan “Burgutlar” raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Ammo narigi juftlikda “Navbahor” safarda “Olimpik”ga yutqazib qo‘ygani evaziga andijonliklar guruhda qolib ketdi.

Tecno

“Olimpiya”ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib gol urgan Suhrob Berdiev Sports.uz caytiga intervyu berdi.  

- Suhrob, “Andijon”ning “Olimpiya”ga qarshi o‘yini xususida nima degan bo‘lardingiz?

- Bu o‘yinda ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Buni uddaladik. Lekin ko‘p narsa “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuviga bog‘liq edi.

- Zaxiradan maydonga tushgan uch nafar futbolchi gol urdi. O‘yinga qo‘shilayotganingizda ko‘rsatma shunday edimi? Qolaversa, 6:0 hisobidagi g‘alaba qanchalik tatidi?

- Zaxiradan maydonga tushganda ham maqsadimiz gol urish va jamoaga yordam berish. Uchrashuv paytida “Olimpik” – “Navbahor” o‘rtasidagi natija nima bo‘layotganini bilmasdik. Biz asosiy e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratib, ko‘proq gollar urishni maqsad qilgandik. Uchrashuvdan keyin eshitsak, “Olimpik” g‘alaba qozongan ekan. To‘g‘risi, 6:0 ham unchalik tatimadi, chunki guruhdan chiqolmadik.

suhrob berdiev2

- “Olimpiya” to‘g‘risida fikringiz qanday? Siz kutgan darajada o‘yin ko‘rsatdimi?

- Raqib yaxshi jamoa. Iqtidorli yoshlardan tashkil etilgan. Hammasi harakat qilishdi, istiqboli bor. Raqibda uchinchi o‘yin bo‘lgani va motivitsiya etarlicha emasligi uchun kutilgan darajani ko‘rsatishmadi, deb o‘ylayman. Birinchi yoki ikkinchi tur bo‘lganida bundan ham qattiqroq qarshilik ko‘rsatishardi, menimcha.

- “Andijon”da gol urish masalasida samaradorlik oshib boryapti. Bu asosan nima bilan bog‘liq: golga chanqoqlikmi yoki murabbiyning ko‘rsatmasimi?

- Mavsum boshida hamma bir-birini tushunib olishi, taktikaga moslashish jarayonini engib o‘tguncha qiyin bo‘layotgandi. Mana, endi asta-sekin barcha yigitlar to‘liq tushunishyapti va sport formasiga ega bo‘lishyapti. O‘yinlar chog‘ida hujumlar ko‘paymoqda va shunga yarasha gollar ham. Menimcha, barcha futbolchi o‘zining formasiga kirib olyapti, deb o‘ylayman. Shu sababli ham gollar ko‘payib bormoqda.

suhrob berdiev1

- Jamoa chempionatda 7-o‘ringa chiqib oldi. Ushbu natijadan qoniqyapsizmi?

- Ha, biz yanada teparoqqa harakat qilamiz. Biz bundan ham ko‘proig‘a kurashamiz, bu aniq.

- Hozirgacha siz uchun eng yoqimli o‘yin qaysi bo‘ldi?

- “Metallurg” bilan uchrashuvda barcha yigitlarda hamma narsa o‘xshadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!