Berbatov: Yangi yilda bizga Fergyusonning o‘zi kechki ovqat tayyorlab berar edi

  • 25 dekabr, 2019, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov Rojdestvo paytida klubdagi an’analar hususida aytib o‘tdi.

Tecno

"Men Manchesterdagi faoliyatimni o‘zgacha deb hisoblayman. Rojdestvoda biz mashg‘ulot qilar edik va jamoaviy kechki ovqat tanavvul qilar edik.

O‘ylab ko‘ringchi, bizga bu ovqatni kim tayyorlab berar edi? Aleks Fergyuson o‘z murabbiylar shtabi bilan. Bu juda ham yoqimli an’ana edi.

Biz o‘zimizni yagona oiladek his etar edik. Bir-birimiz bilan muloqot qilar edik, hazillashar edik, murabbiy esa bizga kurka pishirib berar edi. Eng totli kunlar", - dedi bolgariyalik sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!