
Benzema va Kanteni sotib olgan "Al-Ittihod" yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi (foto)
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yangi 2023/24 yilgi mavsum uchun uy liboslari suratlarini namoyish qildi.
Jidda shahri jamoasiining uyda foydalanadigan yangi libosi an’anaviy sariq-qora rangda bo‘ladi. Forma “Nike” brendi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, "yo‘lbarslar" o‘tgan mavsum 72 ochko bilan Saudiyada chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar