
Benzema "Oltin to‘p"ni ololmagan Vinisiusga murojaat qildi
Frantsiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi, hozirda Saudiyaning “Al-Ittihod” jamoasi a’zosi hisoblangan Karim Benzema “Oltin to‘p” uchun kurashda mag‘lub bo‘lgan braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi.
"Sen juda kuchlisan", - deya Vinisius bilan birga tushgan suratiga izoh qoldirgan frantsiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, “Real”ning braziliyalik hujumchisi yakuniy natijalarga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi. “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes esa eng ko‘p ovoz olgan holda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Bu borada kuchli uchlikka yarim himoyachi Jud Bellingem yakun yasadi. To‘rtinchi o‘rinni yana bir ispaniyalik futbolchi Dani Karvaxal, beshinchisi o‘rinni esa norvegiyalik hujumchi Erling Xoland egalladi.
Ma’lumot uchun, Karim Benzema 2022 yilda "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan. 2023 yilda esa mukofot yana Lionel Messiga topshirilgan edi.
Fikrlar