Benzema La Ligada eng zo‘ri bo‘ldi

  • 9 oktabr, 2021, 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La Ligasining o‘tgan sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Tecno

33 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘tgan oy La Ligada 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Karim Benzema joriy mavsum “Real” safida jami 10  ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda 10 ta gol urdi va jamoasining 7 ta goliga assistentlik qildi.

“Real” 8 turdan so‘ng, 17 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!