
Benzema debyut uchrashuvidayoq gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi (video)
Frantsiyalik hujumchi Karim Benzema "Al-Ittihod" safidagi debyut o‘yinida gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
35 yoshli futbolchi Arab chempionlar kubogi doirasida “Esperans”ga qarshi o‘yinning 55-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, hujumchi 35-daqiqada kiritilgan jamoasining birinchi golida ham bevosita ishtirok etdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" sohibi shu yozda "Real"dan "Al-Ittihod"ga ko‘chib o‘tdi.
Shuningdek, ushbu o‘yinda "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Ngolo Kante ham "Al-Ittihod" safida debyut qildi.
Fikrlar