
Benites yana A Seriya klubiga qaytishi mumkin
"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoni iste’foga chiqarish haqida o‘ylay boshladi.
La Stampa nashri tarqatgan xabarga qaraganda, de Laurentis murabbiy almashtirish masalasini klub sport direktori Krishtianu Juntoli bilan maslahatlashadi. Gattuzoning "Napoli"dagi o‘rnini jamoada 2013-2015 yillarda ishlagan Rafael Benites egallashi mumkin.
"Napoli" so‘nggi 3 ta o‘yinda imkoniyatni boy berdi. Aniqrog‘i, Gattuzo jamoasi dastlab, A Seriya va Italiya Superkubogi doirasida "Yuventus"ga (0:2) yutqazdi. So‘ngra, chempionatning "Verona"ga (1:3) qarshi bahsida ham imkoniyatni boy berdi.
“Napoli” ayni damda Italiya A Seriyasi musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar