Belsa "Lids"ni premer-ligada olib qoladigan futbolchilarni qidirmoqda

  • 4 avgust, 2020, 15:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasiga qaytgan “Lids” yozgi transferlar vaqtida grand klublar ko‘zlayotgan iste’dodli futbolchilarni olib kelmoqchi.

Tecno

Yangi mavsumda yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashishni reja qilgan Marselo Belsa jamoasi qator grandlar e’tiboriga tushgan “Genk”  a’zosi Jonatan Devis, “Brentford” vakillari – Said Benrahma va Olli Uotkins, “Norvich” o‘yinchisi Emiliano Buendia va “Bryugge” futbolchisi Dennis Bonaventurani chaqirmoqchi.

Eng qizig‘i, bu transferlar amalga oshishi uchun “Lids” rahbariyati Marselo Belsaning o‘zi bilan shartnomani yangilab qo‘yishi kerak. Chunki tajribali murabbiy “Barselona”ga taklif etilishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxatiga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!