
Belgiyada qirol haykali o‘rniga futbolchining haykalini o‘rnatishmoqchi
"Tottenxem" klubi va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tobi Alderveyreldga haykal qo‘yilishi mumkin.
Antverpen shahri aholisi Change.org platformasida yuqoridagi talab bilan petitsiya e’lon qilishgan. Ushbu petitsiyani hozirgi kunga kelib 1000 dan ortiq odam qo‘llab-quvvatlagan.
Ular futbolchining haykalini yaqindagina irqchilikka qarshi namoyishlarda olib tashlangan Belgiya qiroli Leopold II haykali o‘rniga joylashtirish taklif qilinmoqda.
Tobi Alderveyreld Antverpen shahrida tug‘ilgan. U 5 yoshidan boshlab mahalliy jamoa sharafini himoya qilgan. 2004 yilda esa uni “Ayaks”ga olib ketishgan.
Fikrlar