
Belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Joriy yilning 18-20 aprel kunlari Andijon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari o‘tkazildi.
Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida bo‘lib o‘tgan mazkur mamlakat chempionatida o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va belbog‘li kurash yo‘nalishlarida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa 8 ta vaznda kuch sinashishdi.
Uch kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda Ilyosbek Hamidboev (Namangan), Bexruzbek Murotov (Andijon), Sanjarbek Hoshimjonov (Farg‘ona), Nuraziz Ilhomiddinov (Navoiy), Diyorbek Abduxalilov (Toshkent v.), Munisa Temirova (Namangan), Gulsevar Nurqobilova (Jizzax), Aysiluv Qidirbaeva (QQR) singari sportchilar o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni band etishdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Ta’kidlash joiz, ushbu chempionatda kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar may oyida Nukusda o‘tkazilishi rejalashitirilgan Osiyo va jahon chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar