
Belal Muhammadning kamariga yana bir da’vogar chiqib qoldi
Amerikalik UFC jangchisi Xoakin Bakli bo‘lajak maqsadlari haqida gapirdi.
“2025 yil - mening yilim bo‘lishini his qilaman. Chempionlik kamari uchun etarlicha harakat qildim. Keyingi yil Belal Muhammad va Shavkat Rahmonov to‘qnashuvi bo‘lib o‘tishi aniq, agar ulardan biri jarohat olsa, o‘rniga oktagonga chiqishga tayyorman", - deya Baklining so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie" portali.
Eslatib o‘tamiz, Xoakin oxirgi jangida Kolbi Kovingtonni 3-raundda texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar