Bektemir Meliqo‘zievga qarshi jangi bekor qilingan Sergey Kovalyovning ikkinchi test natijasi ham ma’lum bo‘ldi

  • 25 yanvar, 2021, 10:42
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sergey Kovalyov va Bektemir Meliqo‘ziev jangi bekor qilingan edi.

Tecno

Profescional boksning yarim og‘ir vazn toifasida (79kg) sobiq WBO chempioni rossiyalik Sergey Kovalyov va Bektemir Meliqo‘ziev jangi oldidan bokschilar anti-doping tekshiruvidan o‘tgan va Kovalyovda sintetik testosteron aniqlangani sabab, 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomi bekor qilingan edi.

Sergey Kovalyov ikkinchi marta test topshirdi. "Boxingscene" sayti muxbiri Dan Rafael xabar berishicha, Kovalyov ikkinchi bora ham doping tekshiruvidan o‘ta olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziev navbatdagi jangini 13 fevralda o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!