"Bavariya"ga qarshi o‘yindan oldidan PSJ muxlislari uchun noxush xabar

  • 3 fevral, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening jarohati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Frantsiyalik futbolchi ushbu jarohati tufayli chempionatning "Monpele"ga (3:1) qarshi o‘yinini yakunlay olmadi.

Tecno

L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, hujumchi chap oyog‘ining son mushaklaridan jarohatlangan. Odatda bunday shikastlanishlardan tiklanish uch hafta davom etadi.

Mbappe oldinda turgan “Tuluza” va “Marsel” va katta ehtimol bilan 12 fevral kuni “Monako”ga qarshi chempionat o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Kilianning 14 fevral kuni Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi ham dargumon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!