
"Bavariya"ga qarshi bahs oldidan PSJ himoyasida jiddiy yo‘qotish
PSJ himoyachisi Kimpembe mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi.
Liga 1ning 25-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi o‘yinda (3:0) PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe 16-daqiqada jiddiy jarohat oldi. Futbolchi maydonni o‘zi tark eta olmadi va maydondan zambilda olib chiqib ketildi.
"Afsuski, Kimpembe jiddiy jarohat oldi va u mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydi. Uning tovon payida qattiq og‘riq bor, biz buni jiddiy deb hisoblaymiz", - dedi parijliklar ustozi Kristof Galte.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik himoyachi noyabrda olgan jarohati sabab yaqinda safga qaytgandi.
Fikrlar