“Bavariya” bo‘lajak yulduz bilan shartnoma imzolaydi

  • 2 iyun, 2021, 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya M” yarim himoyachisi Florian Noyxaus faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishga rozi bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 24 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida bir to‘xtamga kelib bo‘lgan.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, bu transfer 2022 yilning yozida amalga oshiriladi. Ungacha iste’dodli utbolchi myonxengladbaxliklar sharafini himoya qilishni davom ettiradi.

Noyxaus transferi uchun Bundesliga chempioni 40 million evro miqdorida mablag‘ to‘lashi kerak bo‘ladi.

Noyxaus oxirgi mavsumda Bundesligada 33 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va beshta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!