
"Bavariya" ustozi: Bu futbolchilarni jamoaga kelishini xohlardim, biroq...
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann qaysi futbolchilarni o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilishini aytdi.
“Kilian Mbappe har qanday jamoani kuchaytira oladi. Har qanday murabbiy uni jamoasiga olib kelishni xohlaydi, orzu qiladi. Men bu ro‘yxatga Frenki de Yongni ham qo‘shgan bo‘lar edim. Chunki uni juda ham mahoratli futbolchi deb hisoblayman. Biroq ushbu ikki futbolchini tarkibimizga qo‘shib olish uchun moliyaviy imkoniyatlarimiz etmaydi”, - deydi germaniyalik murabbiy.
Avvalroq, Mbappening mavsum yakunida erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq esa uning PSJda qolishi mumkinligi ma’lum qilindi.
De Yongning esa “Barselona” bilan amldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar