
"Bavariya" o‘z tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirishi mumkin
"Bavariya" "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Raysni qo‘lga kiritish uchun hamma narsaga tayyor. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, Myunxen klubi ingliz futbolchisi uchun 100 million evro to‘lab, o‘zining yangi transfer rekordini o‘rnatishga tayyor.
“Bavariya”ning faxriy prezidenti Uli Xyones allaqachon transferga ruxsat bergan. Raysni sotib olish bosh murabbiy Tomas Tuxel uchun ustuvor vazifa bo‘lib, u Angliya premer-ligasida "Chelsi"ni boshqarganida Deklan uni hayratda qoldirgan.
Raysda faoliyatini Londonning “Arsenal” jamoasida davom ettirish imkoniyati ham bor. Futbolchining "Vest Xem" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi.
Fikrlar