
"Bavariya" o‘z afsonasi bilan shartnomani uzaytirish arafasida
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Myunxen klubi bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi.
Bild xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida, jumladan, jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ishtirokida ham muzokaralar juda faol kechmoqda.
Myullerning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
32 yoshli Myuller joriy mavsum “Bavariya” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar