“Bavariya” Noyer o‘rniga o‘ta qimmat narxga darvozabon tanladi

  • 31 mart, 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” 38 yoshli darvozabon Manuel Noyerga munosib o‘rinbosar qidirayotgan edi.

Tecno

Myunxenliklarga Angliya Premer-ligasida “Brayton” sharafini himoya qilayotgan Bart Verbryuggenning o‘yini ma’qul keldi. Bundesliga grandi 22 yoshli darvozabon uchun katta summa tikishga tayyor.

The Telegraph nashrining yozishicha, “Bavariya” Transfermarkt portali tomonidan 25 million evroga baholanayotgan niderlandiyalik golkiper uchun 72 million evro taklif qilyapti.

Verbryuggen aslida “NEK Breda” jamoasi tarkibidanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini Belgiya chempionatida “Anderlext” jamoasida boshlagan.

“Brayton” 2023 yilning yozida iste’dodli darvozabonni 20 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!