"Bavariya" MYu futbolchisini nishonga oldi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Yunayted" futbolchisi Kobbi Meynuni sotib olmoqchi.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim 20 yoshli yarim himoyachini asosiy tarkibga tortadigan futbolchi sifatida ko‘rmayapti. Shu sababdan ingliz jamoani tark etish ehtimoli yuqorilab bormoqda. Xabarlarga ko‘ra, mankunyanliklar tarbiyalanuvchisi uchun Italiyaning "Napoli" va nemis grandi "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Manchester Yunayted" Meynuni qishda sotmoqchi emasligini ma’lum qilgan. Futbolchining o‘zi esa o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ijaraga ketishni istayapti.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar