
"Bavariya" mavsumlar oralig‘ida Dibala yoki Sanedan birini tanlashi kerak
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.
Tutto Juve nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar narxi 80 mln evrodan yuqori bo‘lgan faqatgina bir nafar futbolchi sotib olishlari mumkin. Bu esa Dibala yoki Leroy Sane ("Manchester Siti") bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “keksa sinora” 26 yoshli argentinalik futbolchisini sotmoqchi emasligini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar