
"Bavariya" Gollandiya terma jamoasi a’zosini tarkibga qo‘shib olishi mumkin
Eyndxovenning PSV klubi vingeri Stiven Bergveyn faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli gollandiyalik futbolchi APL klublaridan takliflar bo‘layotganiga qaramay, "Bavariya"ga o‘tishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq myunxenliklardan tashqari "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari ham Bergveyn uchun kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Bergveynning PSV bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 35 mln evroga baholanmoqda.
U o‘tgan mavsum eyndxovenliklar safida jami 41ta o‘yinda ishtirok etdi va 15ta gol hamda 13ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar