“Bavariya” super iqtidor uchun MYu bilan raqobatga kirishdi

  • 24 may, 2020, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi rahbariyati “Borussiya” yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni Germaniyada olib qolmoqchi.

Tecno

20 yoshli ingliz futbolchisini qo‘lga kiritish uchun myunxenliklar “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishga tayyor.

Sanchoning klubi bilan 2022 yilga qadar amal qiladigan shartnomasi bor. Hamkorlik yakunlanguncha bu futbolchini oladigan jamoa 120 million evro to‘lashi kerak. Dortmundliklar pandemiyaga qaramasdan, bu summani pasaytirmoqchi emas.

O‘z navbatida, “Bavariya” o‘z tarkibida “Manchester Siti” vakili Leroy Saneni ham qo‘shib olishga urinmoqda.

Ronalduning o‘zi super futbolchi topdi. Uni “Yuve”ga olishni talab qilyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!