“Bavariya” Bundesliga rekordini o‘rnatdi

  • 6 avgust, 2022, 12:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi yangi mavsumning birinchi turida “Ayntraxt”ni 6:1 hisobida mag‘lub etib, Bundesliga rekordini o‘rnatdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, "nemis mashinasi" 6 ta goldan 5 tasini birinchi bo‘limda kiritdi. Dastlabki taymdayoq Yozua Kimmix, Benjamin Pavar, Sadio Mane, Jamal Musiala va Serj Gnabri kabi futbolchilar bittadan gol urishni uddaladi. “Bavariya” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu Bundesliganing tarixidagi birinchi bo‘limdan keyin qayd etilgan eng yirik hisob hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" Germaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Myunxenliklar so‘nggi 10 mavsumdan beri kubokni hech kimga bermay kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!