
“Bavariya” “Barselona” yulduzini so‘rayapti
“Bavariya” rahbariyati bir yil muqaddam kataloniyaliklarga transfer bozorida boy bergan Frenki de Yongni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qaror qildi.
Ma’lumki, “Barselona” xo‘jayinlari inqirozdan chiqish uchun futbolchilarning maoshlarini 100 million funtga qisqartirish kerak va buning eng oson yo‘li katta maosh oladigan futbolchilarni qimmatga sotib yuborishdir.
“Bavariya” kataloniyaliklar bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolagan niderlandiyalik yarim himoyachini olishda aynan yuqoridagi holatdan foydalanib qolmoqchi.
Bundesliga chempioni bu transfer bo‘yicha dastlabki takliflarini “Barselona”ga yangi prezident tayinlanganidan keyin bildirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar