
"Bavariya" Aleksandr Nyubel transferini e’lon qildi (Foto)
Germaniyaning "Shalke" klubi darvozaboni Aleksandr Nyubel faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan bo‘ldi. 23 yoshlik posbon "Bavariya" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, shu yili yozda Aleksandr Nyubelning "Shalke" bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi va u myunxenliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.
Nyubel «Bavariya» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Fikrlar