
"Bashakshehir"da debyut golini urgan Shomurodov o‘yindan keyin nimalar dedi?
Turkiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan "Beshiktosh" - "Bashakshehir" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda Eldor Shomurodov jamoasi safida debyut golini urdi. Ammo mezbonlar kichik kambek qilib, g‘alabani ilib ketishdi.
Uchrashuvdan keyin Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Butun o‘yin davomida yaxshi harakat qildik. So‘nggi daqiqalarda kontsentratsiyani yo‘qotib, 2 ta gol o‘tkazib yubordik. Bir muddat gol ura olmadim, biroq o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman", - dedi Eldor.
Shuningdek, Hujumchi yangi bosh murabbiy haqida ham to‘xtalib o‘tdi: "Yaxshi kunlarni boshdan kechirmayapmiz, lekin yangi murabbiyni kutyapmiz. U bilan vaziyatni o‘nglaymiz".
Eslatib o‘tamiz, "Bashakshehir" yaqindagina Nuri Shahin bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Tez orada turkiyalik mutaxassis jamoada ish boshlaydi.
Fikrlar