
"Barselona"ning sobiq ustozi yangi mavsumda A Seriya grandini boshqarishi mumkin
Klub prezidenti Aurelio de Laurentis bilan munosabatlari sabab “Napoli”ni tark etishga qaror qilgan bosh murabbiy Luchano Spalettining o‘rniga nomzodlar topish ishlari boshlab yuborildi. AS xabariga ko‘ra, neapolliklar bu lavozimga Luis Enrikeni taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Enrike italyan tilini biladi. O‘z vaqtida bu mutaxassis "Roma"da bir mavsum ishlagan va A Seriyada etarli tajribaga ega.
Aytish kerakki, Luis Enrike Ispaniya terma jamoasini tark etgach, o‘tgan yilning oxiridan beri ishsiz qolmoqda. Avvalroq 53 yoshli ispaniyalik mutaxassis Angliyaning ikki klubi - "Chelsi" va "Tottenxem" bilan bog‘langani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" joriy mavsumda 1990 yildan beri ilk bor Italiya chempioni bo‘ldi.
Fikrlar