"Barselona"ning sobiq futbolchisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 29 may, 2022, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" rahbariyati “Inter”ga o‘tishi tobora oydinlashib borayotgan yarim himoyachi Genrix Mxitaryanga o‘rinbosar topish borasida faol ishlar olib bormoqda.

La Repubblica nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “bo‘rilar” bu borada "Udineze" yarim himoyachisi Jerar Deulofeuning agentiga bir necha bor aloqaga chiqqan. Aynan u armanistonlik xavbekning o‘rnini egallashi mumkin.

28 yoshli ispaniyalik futbolchi yakunlangan mavsum A Seriyada 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!