
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Saudiya Arabistoni klubini tark etdi
Braziliyalik yarim himoyachi Paulino Saudiya Arabistonining “Al-Axli” klubini tark etdi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘zaro kelishgan holda uzoq muddatli shartnomani bekor qilishgan. Aytish kerakki, Paulino "Al-Axli"ga ikki oy oldin ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoada 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma futbolchining iltimosiga ko‘ra bekor qilingan.
33 Paulino faoliyati davomida "Vilnyus", "Lodz", "Pan de Asukar", "Bragantino", "Korintians", "Tottenxem", "Guanchjou Evergrand" va "Barselona" klublarida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasida 56 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol muallifiga aylangan.
Fikrlar