"Barselona"ning niyati jiddiy!

  • 4 mart, 2022, 23:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" jamoasi yozda Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishdi. "Mundo Deportivo" nashri tarqatayotgan xabarga ko‘ra, Laporta va Rayolaning munosabati norvegiyalik huhumchining Kataloniya klubiga o‘tishini ta’minlab berishi mumkin. 

"Ko‘k-anorranglilar" yozda faqatgina Xoland transferi uchun pul sarflashi kutilmoqda. Qolgan barcha futbolchilar klubga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi.  

"Barsa" so‘nggi o‘yinlarda ko‘p gol urishga erishdi va jamoa tobora yaxshilanib bormoqda. Mazkur omil goleador hujumchining qaroriga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, avvalroq Erlingning o‘zi La Ligada o‘ynash istagi borliginini aytgandi.   

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!