"Barselona"ga bosh og‘riq bo‘lgan futbolchi safga qaytdi

  • 3 fevral, 19:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo jarohatdan to‘liq tuzaldi. Bu haqda jurnalist Elena Kondis ma’lum qildi.

Manba xabariga ko‘ra, Olmo "Barselona"ning "Valensiya" bilan bo‘ladigan navbatdagi kubok o‘yini uchun ro‘yxatga kiritiladi. 26 yoshli yarim himoyachi oxirgi marotaba 18 yanvar kuni maydon tushgan edi.

Joriy mavsumda Olmo barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini olti marta ishg‘ol qildi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya kubogining chorak final doirasidagi "Valensiya" va "Barselona" o‘rtasidagi bahs 6 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!