“Barselona”dan bizga o‘tsang, maoshing uch baravar oshadi

  • 14 avgust, 2024, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari “Barselona”ning braziliyalik legioneri Rafinya Diasni olish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

27 yoshli hujumkor futbolchi avval ham shayxlardan taklif olib, ularga rad javobini bergan edi. Endi saudiyaliklar katta maosh evaziga o‘yinchida qiziqish uyg‘otmoqchi.

Jurnalist Adrian Sanchesning yozishicha, Saudiya Arabistonining nomi sir tutilayotgan klubi Rafinyaga hozir “Barsa”da olayotgan maoshidan uch baravar ko‘pini to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Rafinyaning kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana uch yil davom etadi. “Barselona” mutasaddilari ham qimmatbaho o‘yinchini sotib yuborib,  g‘aznaga pul tushirishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!