
“Barselona” yana bir futbolchini transferga qo‘ydi
“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Xavi Ernandes tarkibni tozalashni davom ettirmoqda.
Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar markaziy himoyachi Erik Garsiyani transferga qo‘ydi.
Bu futbolchi 2021 yilning yozida “Manchester Siti”dan transfer qilingan edi. Xavi Ernandes Garsiyani tayanch yarim himoyachi sifatida yangi pozitsiyada ham sinab ko‘rdi.
Shunga qaramay, chempionlik mavsumidan keyin murabbiylar shtabi iste’dodli futbolchidan vz kechishga qaror qilgani aytilmoqda.
Fikrlar