"Barselona" va "Valensiya" o‘zaro darvozabonlar rokirovkasini amalga oshirmoqchi

  • 18 iyun, 2019, 10:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Valensiya" mavsumlar oralig‘ida o‘zaro darvozabon almashtirishlari mumkin. Bu haqda Tribuna deportiva nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra "ko‘k-anor ranglilar" 30 iyun kuni, yani "Valensiya"ning yillik moliyaviy hisoboti barqaror chiqishi uchun uning braziliyalik posboni Netoni sotib olishadi. O‘z navbatida “ko‘rshapalaklar” esa 1 iyul kuni kataloniyaliklarning gollandiyalik darvozaboni Yasper Silessenni sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra 29 yoshli Neto va 30 yoshli Silessen 18 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!